18:57 / 29.09.2015
2959

Rossiya Qozog‘istonga harbiy poligonlar uchun ijaraga olingan 11 ming ga yerni qaytaradi

Rossiya tomonidan Qozog‘istondan harbiy poligonlar yaratish uchun ijaraga olingan 11 ming ga o‘z egasiga qaytarib beriladi. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vaziri o‘rinbosari Oqas Saparov senatning “Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o‘rtasidagi Balxash yerlarining Rossiya raketa hujumini ogohlantirish tizimida qo‘llanilishi va ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng bayonot berdi.

“Darhaqiqat, ikki tomonlama kelishuv Rossiya Federatsiyasi tomonidan yer maydonlarini qisqartirish to‘g‘risida imzolangan, - dedi u. – Hozir anig‘ini ayta olmayman, lekin bu 11 ming ga chiqadigan yer hududi. Bu Qozog‘istonga zarur yer osti boyliklari bor yerlarga ajratilgan poligonlarga tegishli. Biz ularni to‘laligicha ijaradan chiqaramiz”.

Top