17:56 / 29.09.2015
1719

Vinus Uilyams WTA doirasidagi o‘yinlarda 700-g‘alabasiga erishdi

Amerikalik tennischi Vinus Uilyams o‘zining ayollar tennis Assotsiatsiyasi (WTA) turnirlaridagi 700-g‘alabasiga erishdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda..

Opa-singil Uilyamslarning kattasi bu natijaga Xitoydagi tennis turnirining ikkinchi davrasida (mukofot jamg‘armasi – $2,2 mln) germaniyalik Yuliya Gergesni mag‘lubiyatga uchratib erishgan. Uchrashuv 6:4, 6:3 hisobida Uilyams foydasiga hal bo‘lgan.

WTA tasnifidagi turnirlarda g‘alaba qozonish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich chexiyalik sobiq tennischi Martina Navratilovaga tegishli bo‘lib turibdi – 1442 g‘alaba. Vinus Uilyams bu borada eng yaxshi tennischilar ro‘yxatining 9-qatorida bormoqda.

35 yoshli amerikalik tennischi hozirda WTA reytingida 24-o‘rinni egallab turibdi. Mazkur turnirning uchinchi davrasida Uilyams ispaniyalik Karla Suares-Navarroga qarshi kortga chiqadi.

Top