17:49 / 30.09.2015
4003

“O‘zbektelekom” Jizzaxda sinov gibrid elektr stansiyasini ishga tushirdi

“O‘zbektelekom” AK Jizzax viloyatida sinov gibrid quyosh-shamol-dizel elektr stansiyasini ishga tushirdi. Bu haqda 15-16 sentabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan ICTFORUM 2015 forumi doirasidagi ma'lum qilindi.

“Qishloq tumanlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash” loyihasi 2010 yilda Haydarobodda o‘tkazilgan xalqaro elektr aloqasi rivojlanishi konferensiyasida qabul qilingan 17-sonli rezolyutsiyaning mintaqaviy tashabbuslaridan biri sifatida qabul qilingan edi.

2010 yilda “O‘zbektelekom” va Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida Jizzaxdagi “Zambar” obektida (G‘allaorol tumani) sinov stansiyasi qurildi.

Top