00:45 / 30.09.2015
5817

Bill Geyts yana bir bor Forbes talqinidagi eng boy kishilar ro‘yxatini boshqarmoqda

Microsoft asoschisi Bill Geyts 22-marta AQShning eng boy 400 odami ro‘yxatini boshqarib kelyapti. Forbes ning hisob-kitoblariga qaraganda milliarderning pullari oldingiga qaraganda 3,2 mlrd dollarga kamaygan. Hozirda Geytsning hisobida 76 mlrd dollar mablag‘ bor.

Ikkinchi o‘rinda Berkshire Hathaway kompaniyasi bosh direktori Uorren Baffet turibdi. Uning hisobidagi pullar miqdori 62 mlrd dollar. Uchinchi o‘rin esa 47,5 mlrd dollar bilan Oracle rahbari Larri Ellisonga nasib etdi.

Top 10 ga quyidagi shaxslar kirgan: Amazon.com ning bosh direktori Jyeff Bezos (47 mlrd dollar), aka-uka Devid va Charlz Kox (41 mlrd dollar), Facebook rahbari Mark Tsukerberg (40,3 mlrd dollar), Nyu-Yorkning sobiq meri Makl Blumberg (38,6 mlrd dollar), Wal-Mart hamsarmoyadori Jim Uolton (33,7 mlrd dollar) va Google bosh direktori Larri Peyj (33,3 mlrd dollar).

Top