03:09 / 30.09.2015
2715

Chempionlar Ligasi, F guruhi: “Bavariya” “Dinamo” Zagrebni tor-mor etdi, “Arsenal” o‘z maydonida “Olimpiakos”ga yutqazdi

29 sentabrda Chempionlar Ligasi saralash bosqichining 2-turida F guruhi vakili Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida Zagrebning “Dinamo” klubini 5:0 hisobida yirik hisob bilan yutdi. Robert Levandovski xet-trik amalga oshirdi, Duglas Kosta va Mario Gyottse o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘ydilar.

Chempionlar Ligasi, G‘ guruhi, 2-tur
Bavariya (Myunxen) – Dinamo Z (Zagreb) – 5:0
Gollar: Kosta, 13 (1:0); Levandovski, 21 (2:0); Gyottse, 25 (3:0); Levandovski, 28 (4:0); Levandovski, 55 (5:0).

Guruhdan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda “Arsenal” o‘z maydonida “Olimpiakos”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu londonliklarning saralash bosqichi boshlangandan keyingi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatlari bo‘ldi.
Mehmonlar safida Teo Uolkott va Aleksis Sanches hamda Ospina (avtogol), mezbonlar safida esa Felipe Pardo va Alfred Finnbogason o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘ydilar.

Arsenal (London) – Olimpiakos (Pirey) – 2:3
Gollar: Pardo, 33 (0:1); Uolkott, 35 (1:1); Ospina, 40 (1:2, avtogol); Sanches, 65 (2:2); Finnbogason, 66 (2:3).

Guruhda musobaqa jadvali 2-turdan keyin quyidagi ko‘rinish oldi: 1. “Bavariya” – 6 ochko; 2. “Olimpiakos” – 3; 3. “Dinamo” Z – 3; 4. “Arsenal” – 0.

Top