14:40 / 30.09.2015
5741

Churkin Obamaning BMT binosida “xo‘jayinchilik” qilganidan norozi

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin AQSh prezidenti Barak Obamaning tashkilot binosida “xo‘jayinchilik” qilganidan noroziligini bildirdi. U terrorchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan sammitda Kosovo vakillarining ishtirok etishiga shunday munosabat bildirdi.

“Ular (Kosovo vakillari) BMTning boshqa a'zolari bilan birgalikda zalda o‘tirishibdi, bu mutlaqo to‘g‘ri emas. BMT binosida bunday ishlar qilish tashkilotga va uning bosh kotibiga bo‘lgan hurmatsizlikdir”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

AQSh rahbariyati tomonidan ushbu qisman tan olingan davlat vakillarining yig‘ilishga taklif qilinganiga munosabat bildirar ekan, Churkin “ular hatto bu binoda ham Obama xo‘jayinchilik qilayotganini ko‘rsatmoqchi, bu esa taassufdan boshqa narsaga sabab bo‘lmaydi”, dedi.

Top