19:45 / 30.09.2015
17077

Credit Suisse dunyoning eng kuchli qurolli qo‘shinlari ro‘yxatini e'lon qildi

Shvetsiya moliyaviy ekspertlari guruhi Credit Suisse dunyonining kuchli armiyalari ro‘yxatini e'lon qildi. Bunda AQSh armiyasi birinchi o‘rinni, Rossiya armiyasi ikkinchi va Xitoy armiyasi uchinchi o‘rinni egalladi. 

Dunyoning yigirmata kuchli armiyalarini mutaxassislar olti ko‘rsatkichga: qo‘shin soni, tanklar soni, havo kuchlari, harbiy vertolyotlar, aviatashuvchi kemalar va suv osti kemalari soniga qarabbaholashdi. Mutaxassislar qo‘shinlarni harbiy urush chog‘ida oddiy qurollardan foydalanishlarini hisobga olib belgilashdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘ntaligiga Yaponiya, Hindiston, Fransiya, Janubiy Koreya, Italiya, Buyuk Britaniya va Turkiya kirdi. Ikkinchi o‘ntalikka esa Pokiston, Misr, Tayvan, Isroil, Avstraliya, Tailand, Polsha, Germaniya, Indoneziya va Kanada o‘rin olishdi.

Top