17:42 / 30.09.2015
2051

Google Qozog‘iston YouTube`ini ishga tushirishini ma'lum qildi

Google kompaniyasi YouTube videoxostingining Qozog‘iston uchun mo‘ljallangan youtube.kz domenidagi mahalliy namunasini ishga tushirishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ushbu mahalliy namunada Qozog‘istondagi eng mashhur videoroliklar taqdim etiladi. Ushbu roliklarni qozog‘istonlik iqtidorli videokontent ishlab chiqaruvchilari, telekompaniyalar, reklama beruvchilar va brendlar taqdim etishi mumkin.

Qayd etilishicha, har yili YouTube foydalanuvchilari soni 40 foizga ko‘paymoqda. Ushbu videoxostingda roliklar va boshva video mahsulotlarni tomosha qilish uchun ajratilayotgan vaqt hajmi ham 60 foizdan ortib bormoqda. Shuningdek, har yili YouTube orqali 6 mlrdga yaqin video tomosha qilinib, daqiqasiga 300 soatlik videokontent joylanadi.

Eslatib o‘tamiz, hozircha YouTube`ning O‘zbekistondagi mahalliylashtirilgan namunasi ishga tushirilmagan. Biroq www.youtube.uz domeni Amerikaning korporativ brendlarni soxtalashtiruvchi internet-qalloblik, qaroqchilik va kiberskvottingdan himoya qilish bilan shug‘ullanadigan MarkMonitor Inc. dasturiy ta'minot kompaniyasi tomonidan band qilingan.

Top