"Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inesta “Bayyer”ga (2:1) qarshi kechgan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida jarohat orttirib olgan.
O‘yinning 60-daqiqasida futbolchi Jordi Albaga almashtirildi.
Hozircha uning jarohati qanchalik og‘irligi haqida aniq ma'lumot yo‘q.