10:36 / 30.09.2015
3035

O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish doirasida 15 yil ichida 4 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirildi

O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligida 29 sentabr kuni “Ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda vazirlik mutaxassislari ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish dasturi maqsadlari, vazifalari va ustuvor tomonlari bilan OAV vakillarini qisqacha tanishtirib o‘tdilar. Shuningdek, ushbu dastur ijrosida erishilgan natijalar haqida gapirildi.

Xususan, 2000 yildan buyon mamlakatda ushbu dastur doirasida 4 mlrd dollarlik qiymatga ega jami 2.5 ming loyiha amalga oshirilgani ta'kidlandi.
Shu davr ichida import o‘rnini bosish darajasi 220 marotaba o‘sdi. Oxirgi 10 yil mobaynida lokalizatsiya qilingan mahsulot sanoat ishlab chiqarishi hajmidagi ulushi 9.2 foizdan 20 foizga oshdi.

Top