14:30 / 30.09.2015
2135

Janubiy Koreyaning “Friends” nodavlat tashkiloti Qoraqalpog‘istonda xayriya aksiyasini o‘tkazmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Janubiy Koreyaning “Friends” nodavlat tashkiloti tomonidan xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aktsiya davomida tajribali shifokorlar aholi, ayniqsa, bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, jarrohlik operatsiyalarini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining xabar qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Janubiy Koreyaning “Friends” nodavlat tashkiloti o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, 2009 yildan buyon yuz-jag‘ kasalliklari bor bolalar jarrohlik yo‘li bilan davolab kelinmoqda. 2012 yilda imzolangan memorandumga muvofiq, koreyalik mutaxassislar har yili Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, bolalar o‘rtasida emlash-profilaktika ishlarini amalga oshiradi.

Ayni paytda shifokorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘ptarmoqli bolalar shifoxonasida davolash ishlarini ham olib bormoqda. Shu bilan birga, maktablarda bo‘lib, bolalarning tishlarini ko‘rikdan o‘tkazib, aniqlagan kasalliklarni o‘z vaqtida davolash borasida amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Top