16:22 / 30.09.2015
3732

Jizzax viloyatida keksa kishini kaltaklab, tunab ketishdi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida noma'lum jinoyatchi 62 yoshli pensioner Nurilla M. ning nafaqa puli – 575 ming so‘m va nevarasi sovg‘a qilgan “Nokia” rusumli mobil telefonini zo‘rlik bilan tortib oldi.

“Na postu” nashrining yozishicha, jinoyatchi keksa nafaqaxo‘rni shunchaki tunamagan, balki uni do‘pposlagan va yerda yotgan qariyaning cho‘ntaklarini tintib, voqea joyidan qochib qolgan. O‘ziga kelgan jabrdiyda yaqin-atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga borib, jinoyat to‘g‘risida ma'lum qilgan. Nurilla ota ichki ishlar xodimlariga jinoyatchini batafsil tasvirlab berdi.

Uning ma'lumotlari asosida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatchi tez fursatlarda qo‘lga olindi. Ma'lum bo‘lishicha, mazkur xatti-harakatlarni qo‘shni tumanda yashovchi 33 yoshli Sherzod M. sodir etgan ekan.

Top