20:24 / 30.09.2015
6652

Keyt Uinslet o‘zining “Oskar”ini nima sababdan yuvinish xonasida saqlashini tushuntirib berdi

Britaniyalik aktrisa Keyt Uinslet “Kitobxon” (ingl. – The Reader) filmi uchun olgan “Oskar” haykalchasini yuvinish xonasida saqlashini tan oldi, deya yozmoqda The New York Post.

U o‘z harakatini mehmonlari mukofotni qo‘lga olib, o‘zini taqdirlash marosimida turgandek his etishi uchun atayin qilganini aytib o‘tdi.

“Har kim uni qo‘liga olib, derazaga qaragan holda “O‘g‘lim va otamga katta rahmat” qabilida so‘zlay olishi uchun...” — deya oydinlik kiritdi aktrisa.

Uinslet 2009 yilda “Kitobxon” (ingl. – The Reader) filmi uchun “Eng yaxshi ayol roli” yo‘nalishida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan edi.

Keyt Uinslet, shuningdek, “Ong va hissiyot”, “Titanik”, “Ayris” va boshqa filmlaridagi rollari uchun besh marotaba “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Top