01:53 / 30.09.2015
5035

KUN.UZ dayjesti: 29 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 29 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi hududiga qo‘lbola yonuvchi uskuna uloqtirildi>>

Dushanba, 28 sentabr kuni taxminan tonggi 7:30 atrofida noma'lum shaxs tomonidan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hududiga qo‘lbola yonuvchi uskuna uloqtirildi

Toshkentda tuxum nega qimmatlashdi?>>

So‘nggi yarim oy ichida Toshkent do‘konlarida tuxumning narxi 300-400 so‘mga oshib ketdi. Keyinchalik narxlar xiyol tushgan bo‘lsa ham, ular hanuzgacha mo‘'tadil emas

Biometrik pasportlar olishga 100 kun vaqt qoldi>>

Ma'lumki, O‘zbekistonda biometrik pasportlash tizimiga 2015 yilning oxiriga qadar o‘tish belgilangan. Ayni kunlarda bu muxlat yakuniga yetishiga 3 oydan biroz ko‘proq vaqt qolmoqda. Fursatning qisqarib borayotgani aholini xavotirga solib, turli savollarga sabab bo‘lmoqda

Internetda “Spark” avtomobilining “Ravon” brendi ostida chiqarilgan suratlari paydo bo‘ldi>>

Feysbukda “Voditeli Tashkenta” guruhida “Spark” avtomobilining “Ravon” brendi ostida chiqarilgan suratlari paydo bo‘ldi

Putin: G‘arb nimalar qilib qo‘yganini endi tushundimi?>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasi sammitidagi chiqishida G‘arb davlatlarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada AQSh bilan hamkorlikdagi harakatlari anarxiya va urushni keltirib chiqardi

Putin qanday vaziyatda to‘rtinchi prezidentlik muhlatiga nomzodini qo‘yishini aytdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘rtinchi marta prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatish-ko‘rsatmasligi haqida aniq qarorga kelmadi. Bu haqda u amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi

Ozoda Nursaidova "Uzbek Idol" shousi loyihasini boshlamoqda>>

Bir muncha vaqt katta ijodiy loyihalarda ko‘rinish bermagan xonanda Ozoda Nursaidova yangi loyiha ustida ish olib bormoqda

Abituriyentlarni o‘qishga kiritish bahonasida odamlarni chuv tushirib yurgan firibgarlar fosh etildi>>

Toshkentda abituriyentlarni o‘qishga joylashtirib qo‘yish bahonasida odamlarni aldab pulini olib yurgan firibgarlar Nosir Jo‘raboyev va Nizom Alimovlar qo‘lga olindi

Putin va Obamaning uchrashuvi 1,5 soatdan ortiqroq davom etdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi doirasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi

Nazarboyev BMTning bosh ofisini Osiyoga ko‘chirishni taklif qildi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida dunyoda tinchlikni ta'minlash va yadrodan xoli dunyoni yaratishni taklif qildi

Putin: AQSh Yanukovich dushmanlariga 5 mlrd dollar sarfladi>>

AQSh Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning dushmanlarini qo‘llab-quvvatlashga 5 mlrd dollar sarfladi

Putin: Nemtsovning o‘ldirilishi – Rossiya tarixining sharmandali sahifasidir>>

Muxolifatchi siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishi Rossiya tarixining eng sharmandali sahifalaridan biridir. Buni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tan oldi

Pol Uokerning qizi otasining o‘limida Porsche kompaniyasini aybladi>>

2013 yilda YTHda halok bo‘lgan taniqli kinoaktyor Pol Uokerning qizi Germaniyaning Porsche avtomobil kompaniyasini sudga berdi

Jon Makkeyn Obamani Putin bilan uchrashishga qaror qilgani uchun tanqid qildi>>

Respublikachi-senator Jon Makkeyn AQSh prezidenti Baraka Obamani BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish borasidagi rejasi uchun tanqid qildi

Armani vorisi masalasini hal qildi>>

Armani modalar imperiyasi asoschisi Jorjio Armani o‘z tarjimai holi bilan bog‘liq ravishda vorisi masalasini hal qildi

Obama BMTda raqs va ibodat o‘rtasida qolgani haqida hazil qildi>>

AQSh prezidenti Barak Obama hazil tariqasida BMT sahnasida ibodat qilishi kerakmi, raqsga tushishmi – bilmay qolganini ma'lum qildi. U BMT Bosh Assambleyasi doirasida davlat va hukumatlar rahbarlari uchun tashkil etilgan bayramona tushlikdagi qadah so‘zini ushbu jumlalar bilan boshladi

25 oktabrdan Ukraina aviakompaniyalari Rossiya havo hududidan foydalana olmaydi>>

Rossiya transport vazirligi Rosaviatsiyaga Ukraina aviakompaniyalariga 25 oktabrdan boshlab ular RF havo hududidan o‘ta olmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish yo‘llashga ko‘rsatma berdi

The Times: Suriya Rossiya bombalarini IShIDga emas, isyonchilarga qarshi ishlatmoqda>>

Suriya prezidenti Bashar Asad qo‘shinlari Rossiyadan keltirilgan qurol-aslahalarni isyonchi guruhlarni bombardimon qilish uchun ishlatmoqda

Markaziy Afrika Respublikasida qamoqxonadan 500 dan ortiq mahbus qochib ketdi>>

Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) poytaxti Bangidagi qamoqxonadan 500 dan ortiq mahbus qochib ketdi

Top