02:37 / 30.09.2015
4549

KUN.UZ dayjesti: 29 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 29 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov o‘qituvchi va murabbiylarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi>>

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 29 sentabr kuni "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonini imzoladi

«Paxtakor» - «Metallurg» uchrashuvi kelishilgan deb topildi va Rustam Mirsodiqovning murabbiylik litsenziyasi bekor qilindi>>

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ishtirokchisi Bekobodning «Metallurg» klubi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning murabbiylik litsenziyasi bekor qilindi

GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasiga yangi bosh direktor tayinlandi>>

Avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi GM Powertrain Uzbekistan (GMPT) aksionerlari Jyennifer Bigelouni kompaniyaning yangi bosh direktori etib tayinlashdi.

BMT Bosh Assambleyasi: Putinning besh asosiy tezisi>>

BMT Bosh Assambleyasining 70-sammitidagi chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin zamonaviy dunyo oldida turgan asosiy masalalarni tezisli tarzda ifodalab berdi

Putin va Obamaning uchrashuvi 1,5 soatdan ortiqroq davom etdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi doirasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi

BMT Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi: Kim nima taklif qildi?>>

28 sentabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi doirasidagi eng muhim voqealar bo‘lib o‘tdi

Eron prezidenti AQShni terrorchilikda aybladi va yadroviy kelishuvni ma'qulladi>>

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqi davomida AQShni terrorchilik siyosati hamda “falastin xalqini tahqirlovchi sionistik tartibni qo‘llab-quvvatlayotgani” uchun tanqid qildi

Afg‘oniston “Tolibon” jangarilari Qunduz shahrini bosib olganini tasdiqladi>>

Afg‘oniston “Tolibon” jangarilari mamlakat shimolidagi Qunduz shahrini bosib olishgani va bu AQSh harbiy yordami ko‘rsatilayotgan 2001 yildan beri ular tomonidan bosib olingan ilk yirik shahar ekanligini ma'lum qildi

Poroshenko Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotganini iddao qilmoqda>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotganini iddao qilmoqda. Poroshenko bu haqda BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqi davomida aytib o‘tdi



Top