23:25 / 30.09.2015
3813

KUN.UZ dayjesti: 30 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 30 sentabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Toshkentda Galaxy Note 5 smartfoni 3,7 million so‘m narxda sotilmoqda>>

Samsung kompaniyasining shu yilning 13-avgustida rasman namoyish etilgan fableti – Galaxy Note 5 poytaxt bozorlarida sotilishi boshlandi

O‘zbek olimlari grippga qarshi yangi preparat yaratishdi>>

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti mutaxassislari tomonidan o‘tkir virusli kasalliklarga qarshi «rutan» nomli yangi tabletka yaratilib, yetakchi klinikalarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Kasilyas YeChLda o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi>>

Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas “Chelsi”ga (2:1) qarshi kechgan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi

AQShda sud hukmi o‘qilgan qotil tasodifan ozodlikka chiqarib yuborildi>>

Luiziana shtatida xato tufayli qamoqdan chiqarib yuborilgan qotil qidirilmoqda

Honda o‘zining yangi vodorod modeli dizaynini namoyish qildi>>

Honda kompaniyasi vodorod va kislorod o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya natijasida energiya ishlab chiqaruvchi yonig‘li katakchalaridan quvvat oladigan elektr dvigatel bilan ta'minlangan FCV xetchbek modelining rasmiy tasvirlarini ilk marotaba e'lon qildi

Olimlar erkaklarning bevaqt o‘limiga olib keluvchi o‘nta sababni aniqlashdi>>

Vashingtondagi Salomatlikni o‘rganish va baholash instituti (AQSh) olimlari 25 yil davomida tadqiqot o‘tkazib, erkaklarning barvaqtroq hayotdan ko‘z yumishi sabablariga oydinlik kiritishdi

Asli qozog‘istonlik bo‘lgan politsiyachi AQShda mashhurlikka erishdi>>

Bruklin (Nyu-York, AQSh) metrosi yaqinida asli qozog‘istonlik bo‘lgan politsiyachi Doniyor Nurtazo ko‘chada farzandini dunyoga keltirayotgan ayolga tug‘ruq jarayonida ko‘maklashdi

Avstraliyadagi eng mo‘ydor qo‘y jahon rekordini o‘rnatdi>>

Avstraliyadagi eng mo‘ydor qo‘y Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Credit Suisse dunyoning eng kuchli qurolli qo‘shinlari ro‘yxatini e'lon qildi>>

Shvetsiya moliyaviy ekspertlari guruhi Credit Suisse dunyonining kuchli armiyalari ro‘yxatini e'lon qildi. Bunda AQSh armiyasi birinchi o‘rinni, Rossiya armiyasi ikkinchi va Xitoy armiyasi uchinchi o‘rinni egalladi

Credit Suisse dunyoning eng kuchli qurolli qo‘shinlari ro‘yxatini e'lon qildi>>

Shvetsiya moliyaviy ekspertlari guruhi Credit Suisse dunyonining kuchli armiyalari ro‘yxatini e'lon qildi

BMT Bosh assambleyasida Moldova bosh vazirini Putin bilan yanglishtirib qo‘yishdi>>

BMT Bosh assambleyasida davlatlar yetakchilarini kutib olish vaqtida kulguli holat yuz berdi: BMT bosh qarorgohi xodimlari Moldova bosh vaziri Valeriy Streletsni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yanglishtirib qo‘yishdi

AQShda 19- urinishdan so‘ng tibbiyot tarixida ilk bor oyoqlari falajlangan bemor mustaqil qadam tashlay boshladi>>

Tanasining pastki qismi bir necha yillar muqaddam yo‘l-transport hodisasi tufayli falajlanib qolgan amerikalik Adam Fritts noyob tibbiy amaliyotdan keyin to‘rt metr masofani hech qanday tashqi yordamlarsiz bosib o‘tdi

Top