00:42 / 30.09.2015
2904

KXDR Janubiy Koreyaga ikki tomon oilalarini o‘zaro ko‘rishishni taqiqlashi bilan tahdid soldi

Shimoliy Koreya hukumati Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqidan so‘ng rejalashtirilgan dasturga muvofiq ikki tomondagi oilalarni birlashtirishdan bosh tortishi mumkin. Bu haqda «Renxab» xabar beradi.

Mamlakat hukumatining ma'lum qilishicha qachonki Janubiy Koreya ularning yadroviy dasturiga xalaqit qilishni bas qilgachgina, ushbu dasturni hayotga tatbiq etishadi.

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida chiqish qilib, o‘z nutqida KXDRga yadroviy dasturdan voz kechish evaziga iqtisodiy yordam berishini aytib o‘tgan edi.

Top