09:43 / 30.09.2015
1984

Luis Enrike: Muxlislarning yordami yutayotganimizda emas, yutqazayotganimizda ko‘proq kerak

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike YeChLning guruh bosqichidan o‘rin olgani 2-tur uchrashuvida "Bayyer" jamoasi 2:1 hisobida mag‘lub etilganidan keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.

"O‘yin juda og‘ir kechdi. Biz ikkinchi marta Messisiz o‘ynadik va bu ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qildik. "Bayyer" ham g‘alaba uchun munosib harakat qildi, ammo biz ikkinchi taymda o‘yinimizni kuchaytirib, kerakli natijaga erisha oldik.

Jamoani maqtasa arziydi. Tribunadagi noroziliklarni to‘g‘ri tushunaman, lekin ularga bu bilan xato qilishayotganini aytaman.

Muxlislar bizni 0:1 hisobida yutqazayotganimizda qo‘llab-quvvatlashmadi, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirganimizda esa, holat o‘zgardi. Istardimki, "Nou Kamp"ga keladigan muxlislar hamisha ko‘tarinki ruh bilan muxlislik qilishsin.

Biz o‘yinni o‘z kuchimizga ishongan holda davom ettirdik va g‘alabaga munosib bo‘ldik. "Bayyer" himoyaga qamalib olganida futbolchilarim asabiylashishmadi.

Biz juda qiyin guruhdan joy olganmiz. Lekin birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz.
Futbolchilar jangavor ruhni oxirigacha saqlab qolishadi", deydi Luis Enrike.

Top