09:12 / 30.09.2015
3084

Mansur Xodiy: shia isyonchilari Yamandagi barcha davlat institutlarini yo‘q qilishdi

Isyonchi husiychilarning “Ansorulloh” tashkiloti Yamanda keltirib chiqargan urush oqibatida ushbu mamlakatdagi barcha davlat institutlari vayron qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Abdrabbo Mansur Xodiy bayonot berdi.

“Husiychilar hamda sobiq prezident Ali Abdulla Solihning ularga sadoqatli otryadlari davlat institutlariga qarshi chiqib, ularni yo‘q qildi”, - dedi u BMT Bosh Assambleyasi sammitidagi chiqishida.

Yaman yetakchisining ta'kidlashicha, vaziyatning nazorat ostiga olinishiga Eron to‘sqinlik qilgan.

Shuningdek, Xodiy hukumatga yordam bergan xalqaro koalitsiyaga boshchilik qilgan Saudiya Arabistoni qiroliga minnatdorchilik bildirdi.

Top