10:15 / 30.09.2015
2402

Mourino: Mag‘lubiyat bilan tugagan yaxshi o‘yinni tahlil qilish qiyin

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino "Portu"ga (1:2) qarshi kechgan Chempionlar ligasi o‘yinidan keyin o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yinda futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Ikki marta xato qilganimiz bizning yomon o‘ynaganimizni anglatmaydi. Yoki ikkita to‘p o‘tkazib yuborganimiz himoyadagi kamchiliklarimizni ko‘rsatmaydi.

Menimcha, shogirdlarimni tanqid qilish kerak emas. Menimcha ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

"Portu" - qattiq toshyong‘oqqa o‘xshadi. Ularga YeChL muhiti ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlagan. Mahalliy muxlislar ham o‘z sevimlarini qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turishdi va raqiblarning o‘yinini qiyinlashtirdi.

Qolaversa, men o‘zining sobiq jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazayotgan murabbiy rolida edim. Ko‘rgan bo‘lsangiz, men Villianning golini nishonlamadim ham.

Menimcha, "Portu" bizning guruhdagi eng kuchli jamoa emas. Ular vaqtinchi birinchi o‘rinda turishibdi. Biz yana o‘rnimizga qaytamiz.

Remi va Falkaoning o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani ularning sport formasi bilan bog‘liq. Ularni jazolamadim.

Agar jamoa ketma-ket ochkolarni yo‘qota boshlasa, demak qaydaydir qaror qabul qilish kerak. Bugungi o‘yinni tahlili qilish ancha qiyin.

Hozir jamoa o‘ziga kelishi kerak. APLdagi ikkita o‘yinni o‘z uyimizda o‘tkazamiz va ikkisini ham yutishimiz lozim.

To‘g‘ri, buning uchun futbolchilarni ruhlantirish va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytarish kerak. Ammo, bu ish oson emas", - deydi Mourino.

Top