10:45 / 30.09.2015
4356

Nazarboyev BMT shtab-kvartirasini Ostonaga ko‘chirishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh Assambleyasi 70-sammiti doirasida o‘tkazilgan ektremizmga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan brifingdagi chiqishida BMT qarorgohini Osiyoga ko‘chirish taklifini berdi.

“BMT bosh kotibining taklifiga ko‘ra men tashkilotning 70 yilligiga bag‘ishlangan sammitda ishtirok etdim. Asosiy sessiyada va debatlarda Qozog‘istonning asosiy siyosiy va iqtisodiy masalalardagi pozitsiyasini izhor qildim. Men yana ikkita sammitda ishtirok etdim. Bu vaqt ichida ko‘plab davlat rahbarlari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldim, jumladan, AQSh prezidenti Barak Obama bilan suhbat o‘tkazdim”, - dedi Nazarboyev.

Shuningdek, u tashkilot qarorgohini boshqa joyga ko‘chirish lozimligini aytib o‘tdi: “Agar bu haqda qaror qabul qilinsa, BMTda 40 ming amaldor ishlamoqda. Ular nima qilib yurganini hech kim bilmaydi, lekin faqat maoshga 5.5 mlrd dollar sarflanadi. Ularni harakatga keltirish uchun, xuddi biz poytaxtni Olma-Otadan Ostonaga ko‘chirganimizdek, qarorgohni Osiyoga ko‘chirishni taklif qildim.

Osiyoda rivojlanayotgan Shanxay, Singapur, Seul, Ostona bor. Qaysi shaharga ko‘chirishni, albatta, muhokama qilish lozim”.

Top