10:11 / 30.09.2015
3689

Nazarboyev: Obama Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilamoqchi

Prezident Barak Obama Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilamoqchi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Obama bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bayonot berdi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvi chog‘ida ikki rahbar savdo-iqtisodiy, investitsion va energetik sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. O‘zaro hamkorlikning mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashdagi ahamiyati qayd qilindi.

“AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashib, o‘tkir masalalarni hal qilib olganidan juda mamnunman, - dedi Nazarboyev matbuot anjumanida. – Janob Obama menga Ukraina va Suriya masalasidagi muzokaralar yakunlari haqida gapirib berdi. U “Rossiyaning pozitsiyasini tushuna boshladim, biz birga ishlaymiz”, dedi. Quvonarlisi, u prezidentligining qolgan bir yarim yili mobaynida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga intiladi”.

Top