14:43 / 30.09.2015
2053

O‘rta sinfga mansublar soni birinchi marta 1 mlrd kishidan oshdi

Jahon bo‘ylab 2014 yil yakunlariga ko‘ra aholining moliyaviy aktivlari qiymati 7.1 foizga oshib, rekord darajaga – 135.7 trln yevroga yetdi. Undan oldingi yilda 126.8 trln yevro ko‘rsatkich qayd qilingan edi.

Jahonning 53 mamlakatida tadqiqot olib boradigan Allianz sug‘urta kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Global Wealth Report hisobotida ko‘rsatilishicha, dunyoda o‘rta sinfga mansublar soni birinchi marta 1 mlrd kishidan oshdi. Shu bilan birga, aktivlar qiymatining oshishi o‘tgan yili biroz sekinlashgan.

Aholining pul majburiyatlari aktivlariga nisbatan sekinroq o‘smoqda – 35.2 trln yevro (2013 yilgidan 4.3 foizga ko‘proq). Shunga qaramay, aholining jahon miqyosidagi qarzi moliyaviy inqiroz boshidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi.

Top