20:31 / 30.09.2015
1785

O‘zbekiston TIVda YeI delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2015 yilning 30 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Yuriy Shterk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi munosabatlarning amaliy masalalari, jumladan turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali hamda hamkorlikning qo‘shma institutlari va boshqa mexanizmlarining yig‘ilishlari kun tartibi bo‘yicha tomonlarning takliflari muhokama qilindi.

Top