15:49 / 30.09.2015
2757

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda qurilish mollari olib kirilishiga to‘sqinlik qilindi

Qirg‘izistonning Batken viloyati chegara otryadi Aydarken uchastkasi xodimlari O‘zbekistondan Qirg‘izistonga kontrabanda yukining olib kirilishiga to‘sqinlik qilishdi. Bu haqda qo‘mitaning matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, ikki qirg‘izistonlik “KamAZ” yuk mashinasida Burg‘unli nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatga hujjatlashtirilmagan qurilish yog‘ochlari olib kirmoqchi bo‘lgan. Ularning umumiy qiymati 100 ming qirg‘iz so‘mini tashkil qilgan.

Top