15:32 / 30.09.2015
7113

O‘zbekistonlik siyosatshunos: Rossiyaga qarshi sanksiyalar O‘zbekistonga ham ta'sir o‘tkazmoqda

O‘zbekistonlik siyosatshunos Farhod Tolipov, EurasiaDaily nashriga bergan intervyusida Rossiyaga nisbatan YeI tomonidan joriy qilingan sanksiyalarning O‘zbekistonga ta'siriga to‘xtalib o‘tdi.
“Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarning salbiy ta'siri O‘zbekiston iqtisodiyotida ham ko‘zga tashlanmoqda, - dedi mutaxassis. – Ayrim tovarlar savdosi tushib ketdi. Masalan, O‘zbekiston avtomobillarining Rossiya bozorida sotilishi qisqarib ketdi. O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyadan vatanlariga qayta boshlashdi. O‘zbek so‘mining kursi tushmoqda. Bunday oqibatlar allaqachon bor”.

Top