08:29 / 30.09.2015
3382

Poroshenko Nyu-Yorkda shamollab qoldi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Nyu-Yorkka tashrifi davomida shamollab qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Poroshenko Kolumbiya universitetida qilgan chiqishi vaqtida shu haqda ma'lum qilgan.

"Keyingi 4 kun davomida men bu yerda bo‘lib, sovqotdim. hozir isitmam 38,5 darajaga chiqqan. Lekin, shunday ahvolimga qaramasdan, sizlar bilan birga bo‘lishim kerak, deb hisoblayman. Dunyodagi yetakchi davlatlar rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvlarga guvoh bo‘lish, men uchun juda muhimdir", deydi Poroshenko.

Ukraina prezidenti BMT Bosh Assambleyasida ukrain tilida nutq irod qildi. U o‘z nutqida "Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotgani" haqida so‘zladi.

Top