10:44 / 30.09.2015
2907

Poroshenko prezidentlik muddati yakunlangach, Yevroparlament deputati bo‘lmoqchi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining prezidentlik muddati yakunlangach, mamlakat nomidan Yevroparlament deputati bo‘lishni istaydi. Uning bu istagi haqida "Interfaks" xabar bergan.

"Mendan o‘z prezidentligim yakunlangach, nima ish bilan mashg‘ul bo‘lishni istashim haqida so‘rashlaringiz mumkin. Men javob berardimki, parlament a'zosi bo‘lishni, Yevroparlament deputati bo‘lishni orzu qilaman", deydi Poroshenko.

U Kolumbiya universitetida qilgan chiqishida shu haqida gapirgan.

Biroz oldin uning shamollab qolganiga qaramasdan, muhim tadbirlarda ishtirok etayotgani, u "Ukrainasiz Yevropa Ittifoqi ham bo‘lmasligi" haqida gapirgani xabar qilingandi.

Top