15:24 / 30.09.2015
4971

Putin Federatsiya kengashidan Rossiya qurolli kuchlarini xorijda qo‘llashga ruxsat oldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya kengashi muhokamasiga qurolli kuchlar kontingentini xorijda qo‘llashga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish haqidagi taklifni kiritdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Putin, shuningdek, murojaatni ko‘rib chiqishda rasmiy vakillar sifatida Kreml ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov, TIV o‘rinbosari Mixail Bogdanov va mudofaa vaziri o‘rinbosari Nikolay Pankovni belgiladi.

Rossiya Federatsiya Kengashi yig‘ilishida bu taklif bir ovozdan ma'qullandi.

Endilikda RF qurolli kuchlarining Suriyada foydalanishi aniq bo‘ldi. Bu haqda yig‘ilish yakuni bo‘yicha prezident ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov ma'lum qilgan.

Yig‘ilishda ishtirok etganlarning 162 nafari mazkur murojaatni qo‘llab-quvvatlagan holda unga qarshilar, betaraflar bo‘lmagan.

Hozirda rus amaldorlarining AQSh harbiy havo kuchlarini Suriya osmonidagi harakatini to‘xtatishni talab qilgani va u yerda endilikda Rossiya harbiylari harakatni boshlashi haqida axborotlar tarqatilgan. Shunga qaramay, AQSh tomoni bunday talab bo‘lmagani va Qo‘shma Shtatlar o‘z harbiy harakatlarini o‘zgartirish niyatida emasligini bildirgan.

Top