23:52 / 30.09.2015
3153

Qozog‘istonning “Mektep” nashriyotiga Qrim Rossiya tarkibida ko‘rsatilgan darsliklarni o‘zgartirish majburiyati qo‘yildi

Qozog‘iston ta'lim va fan vazirligi “Mektep” nashriyotiga chop etgan maktab darsliklariga nisbatan bildirilgan e'tirozlarni hisobga olib tuzatishlar kiritish, Respublika ilmiy-amaliy markaziga esa darsliklarni, shu jumladan siyosiy tomondan, tahlil qilish bo‘yicha ishni kuchaytirish majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri ma'lum qildi.

Darsliklar bo‘yicha respublika komissiyasi yig‘ilishida Ukrainaning “Mektep” nashriyotining ba'zi darsliklarining mazmuni bo‘yicha bildirilgan e'tiroz masalasi muhokama qilindi. Nashriyot chop etgan 10-11-sinflar uchun geografiya va jahon tarixi darsliklarida Qrim respublikasi Rossiya sub'yekti sifatida ko‘rsatilgan.

Ma'lum qilinishicha, boshqa nashriyotning darsliklaridan farqli o‘laroq, “Mektep” nashriyoti darsliklarida “Qrim mavzusi bo‘yicha nashriyot va darslik mualliflari tomonidan Qozog‘iston hamda dunyo hamjamiyatining rasmiy munosabati to‘liq tarzda aks ettirilmagan”.

Muhokama so‘nggida “Mektep” nashriyotiga “nomi tilga olingan darsliklarda bildirilgan e'tirozlarni hisobga olib tuzatishlar kiritish” majburiyati yuklandi.

Top