21:19 / 30.09.2015
4331

SKEYE Pico: dunyodagi eng mitti dron

TRNDlabs kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan SKEYE Pico Drone dronini dunyodagi eng mitti dron deb tanishtirdi. Dronning o‘lchamlari 2,2x2,2 santimetrni, og‘irligi esa bor-yo‘g‘i 7 grammni tashkil qiladi. Yangi qurilmani savdoga chiqarilishidan avval 49 dollardan sotib olish mumkin.

SKEYE Pico Drone droni Ready to Fly Technology (RTF) texnologiyasi yordamida boshqariladi va uchta sezgirlik darajasiga ega. Qurilma havaskorlik tasvirga olishdan ko‘ra, ko‘proq bolalarga va dronlarga endi qiziqayotganlarga mo‘ljallangan, chunki gadjyet ilg‘or dron modellaridan faqrli o‘laroq, videokameraga ega emas.

4 rotorli dron nafaqat yuqoriga-pastga harakatlana oladi, qurilma 6 ta o‘q bo‘yicha stabilizatsiyaga ega, giroskopining sezgirligi esa avtomatik tarzda sozlanadi. Boshqaruv pult yordamida amalga oshiriladi, uning maksimal ta'sir qilish doirasi 50 metrni tashkil qiladi. Qurilmaning 80 mA-soatli akkumulyatori taxminan 8 daqiqa parvoz qilishga yetadi.

Top