18:26 / 30.09.2015
2119

Suriya elchisi: Iroqda yaratilgan markaz IShIDga qarshi kurash jarayonini muvofiqlashtirib boradi

Iroqda Eron, Suriya va Rossiya ishtirokida yaratilgan markaz IShIDga qarshi kurash jarayonini muvofiqlashtirib boradi. Bu haqda Suriyaning Moskvadagi elchisi Riyod Haddod bayonot berdi.
“AQSh va uning ittifoqchilari koalitsiyasi hech qanday natija bermadi. IShIDning geografik hududi kengayib bormoqda, ular shaharlarni egallashda davom etmoqda, terrorchilar miqdori tezlik bilan o‘sib bormoqda. Iroqdagi markaz IShID pozitsiyalari bo‘ylab zarbalarni muvofiqlashtirib boradi”, - dedi u TASS muxbiri bilan suhbat chog‘ida.

Top