20:25 / 30.09.2015
3182

Suriya Tashqi ishlar vazirligi: Damashq Rossiyaga terrorchilik bilan kurashda to‘liq ishonadi

Suriya rahbariyati Rossiya va prezident Vladimir Putinning Suriyaga nisbatan munosabatiga to‘liq ishonch bildiradi, deb aytdi Suriya tashqi ishlar vaziri Volid Muallim “Russian Today” telekanalining arab tilidagi versiyasiga bergan intervyusida.

“Biz Rossiya va terrorchilikka qarshi Rossiyaning maqsadlarini ma'lum qilgan prezident Vladimir Putinga to‘liq ishonamiz”, deb aytdi Muallim.

Muallim Suriya rahbariyati Suriya va Iroqqa qariyb 9 mingta foydasiz aviazarba bergan AQSh va uning koalitsiyasiga umuman ishonmasligini ma'lum qildi.

Top