17:38 / 30.09.2015
5408

Tojikistonda quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni qo‘lga olindi

Tojikistonda mudofaa vazirligi quruqlik qo‘shinlari boshqarmasi rahbari Nazar Safarov qo‘lga olindi. U isyonchi general Abduhalim Nazarzodaning tarafdorlaridan biri ekanligi aytilmoqda. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Safarov tayyorlanayotgan isyon haqida ma'lumotga ega bo‘la turib, tegishli organlarni bundan boxabar qilmagan.
Mamlakat bosh prokuraturasi 17 sentabr kuni Islom uyg‘onishi partiyasi rahbarini isyonni tashkil etishda aybladi. 29 sentabr kuni oliy sud partiyani ekstremistik deb topib, uning faoliyatini man qildi.

Top