20:58 / 30.09.2015
3288

UMS va Ucell aloqa operatorlarining Toshkentdagi bosh ofislari binolarida yong‘in xavfsizligi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

30 sentabrda Oloy bozori yaqinida joylashgan UMS va Ucell aloqa operatorlarining Toshkentdagi bosh ofislari binosida yong‘in xavfsizligi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. 

Kunning ikkinchi yarmida ijtimoiy tarmoqlarda uyali aloqa kompaniyalari binolaridan xizmat itlari bilan chiqayotgan militsiya naryadlari haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi.

UMS vakillari UZ24 nashriga ma'lum qilishicha, binolarda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgan. Bu mashg‘ulotlar operatorlar ishiga ta'sir qilmagan, kompaniyalar oddiy tartibda ishini davom ettiravergan.

Top