12:04 / 30.09.2015
1828

Xitoyda aksiyalar savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanayotganlar jarimaga tortila boshlandi

Xitoyda fond bozorini barqarorlashtirish kampaniyasi doirasida “aksiyalar bilan noqonuniy savdo qilish” uchun jarimalar belgilanishi boshlandi.
Bir necha holatlar bo‘yicha qonunbuzarlar umumiy qiymatda 28,42 million yuan (4,4 mln dollar)lik jarimalarga tortildi, deya xabar berdi “Chjungo sinven van” axborot portali.

Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bundan avvalroq “fond bozorlaridagi tebranishlarni kuchsizlantirish bo‘yicha choralarni kuchaytirish doirasida ortiqcha takliflar kelgusida kotirovkalarni tushirib yuborishi mumkinligi uchun yirik aksiyadorlarga o‘z aktivlarini iyul-dekabr oylarida sotuvga qo‘yishni taqiqlagan edi”.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, to‘rt nafar jismoniy, besh yuridik va sakkiz yuqori lavozimli shaxs mazkur buyruqni aylanib o‘tishga harakat qilgan.
“Ularning harakati bozordagi tartibga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi va investorlarning ishonchiga yuqori darajada putur yetkazdi”, - dedi qo‘mita vakili.

Top