22:19 / 30.09.2015
3138

Xitoydagi davomli portlashlar natijasida 50 nafardan ortiq kishi jabrlandi

Xitoy politsiyasi 30 sentabr kunining ikkinchi yarmida mamlakat janubidagi Guansi tumani hududida ro‘y bergan davomli portlashlar terakt sifatida baholanmasligini ma'lum qilgan. Bu haqda Sinxua xabar berdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu portlashlar oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan va 50 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.

Bundan oldinroq, Guansi-Chjuan avtonom tumani (Xitoy janubi)dagi Lyuchjou shahar okrugi Lyuchen uyezdida sodir bo‘lgan ketma-ket portlashlar natijasida hayotdan ko‘z yumganlar soni olti nafarga yetgani xabar qilingandi.

Bu portlashlar tezkor yetkazib berish posilkalariga o‘rnatilgan 15ta portlovchi qurilmaning harakatga kelishi tufayli yuz bergan. Natijada yo‘l yoqasidagi bino jiddiy ravishda zararlangan.

Top