10:04 / 01.10.2015
4319

“Izvestiya”: migratsiya xizmati xorijliklar uchun ish patentlarini muddatsiz qilib qo‘yadi

Rossiya federal migratsiya xizmati yangi qonun loyihasi doirasida xorijlik ishchilarni doimiy ravishda ruxsatnomani uzaytirish majburiyatidan xalos qilmoqchi, deb xabar beradi “Izvestiya” gazetasi.

“Chet el fuqarosi ishi haqidagi ma'lumotlar bugun ish beruvchi tomonidan soliq to‘langanidan so‘ng beriladi. O‘zgartishlar bu ma'lumotlarning takrorlanishi oldini oladi, ya'ni murojaatnoma berish va patentni uzaytirish bekor qilinadi. Bu qabul qiluvchi tomon uchun ma'muriy to‘siqlarni amalda olib tashlaydi va xizmatning mintaqaviy bo‘linmalaridagi ortiqcha ishni kamaytiradi”, - ta'kidladi gazetaning manbasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya xizmati migratsion hisob doirasida qayd qilinadigan ma'lumotlar ro‘yxatini o‘zgartirmoqchi, u yerdan, jumladan, Rossiyada yashash muddatlari olib tashlanadi.

Top