10:32 / 01.10.2015
5093

“Vedomosti”: Rossiyalik harbiylarga komandirovka pullari katta bo‘lgani sababli Suriyaga borishni istovchilar borasida muammo yo‘q

Suriyadagi rossiyalik harbiylarning umumiy soni 1500 nafarga yaqinni tashkil qilmoqda, deb yozmoqda “Vedomosti” nashri. Bu haqda nashrga Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin manba ma'lum qilgan.

Manbaning yozishicha, bu faqatgina shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tovchi zobitlar, askarlar va serjantlarga taalluqli. Ularga katta miqdorda safar pullari beriladi va shuning uchun Suriyaga borishni istovchilar borasida muammo kuzatilmayapti.

Askar onalari qo‘mitalari ittifoqi rahbari Valentina Melnikovaning aytishicha, xorijda xizmat vazifasini o‘tayotgan rossiyalik harbiylarga qo‘shimcha haqlar to‘lash masalasi Rossiyaning “Rossiya Federatsiyasi tomonidan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash yoki tiklash bo‘yicha faoliyatda ishtirok etish uchun harbiy va fuqarolik xodimlarini taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi” qonuni bilan tartibga solinadi.

Qonunga ko‘ra, Suriyada xizmat qilayotgan zobitlar asosiy maoshlariga qo‘shimcha ravishda kuniga 62 dollar, askarlar esa 43 dollar haq olishadi.

Top