15:47 / 01.10.2015
12106

1 oktabr – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgan kun

Har yili 1 oktabr sanasida Xitoydagi eng asosiy davlat bayrami — Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgan kun keng nishonlanadi. 1949 yilning ayni shu sanasida Pekindagi Tyananmen maydonida bo‘lib o‘tgan mitingda XXR tashkil topgani e'lon qilingan edi. 2 oktabrda esa markaziy hukumat 1 oktabrni milliy bayram sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.


Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgan kuni bayrami besh kun davomida nishonlanib, mazkur hafta Xitoydagi ikki “Oltin hafta”dan biri sifatida qarshi olinadi. 1 oktabrda poytaxtdagi markaziy maydonlarda xalq sayillari o‘tkazilib, kechqurun mushakbozliklar tashkil etiladi.


Shuningdek, shaharlar jonli gullar bilan bezatiladi. Mazkur bayramni tomosha qilish istagidagi xorijlik sayyohlar uchun turizm sohasi vakillari xilma-xil sayohat dasturlarini taklif etishadi.

Top