22:53 / 01.10.2015
6010

AQSh Rossiyaning Suriya muxolifatiga qarshi aviazarbalar bergani haqidagi ma'lumotni rad etdi

AQShda Rossiya havo-kosmik kuchlarining Suriyadagi muxolifat kuchlariga aviazarbalar bergani haqidagi xabarni rad etishdi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘ining razvedka bo‘yicha o‘rinbosari Robert Ottoning ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

Ottoning so‘zlariga qaraganda, Rossiyaning qo‘zg‘olonchilar pozitsiyasiga aviazarbalar bergani qayd etilmagan. Shu bois AQShning javob harakatlari gipotetik xarakterga ega.
Rossiya aviatsiyasi bir kunda IShIDning Suriyadagi 12 ta obektiga zarba berdi.
Eslatib o‘tish joiz 30 sentabrdan boshlab Rossiya Suriyadagi IShID jangarilariga qarshi harbiy harakatlar olib bormoqda.

Top