16:25 / 01.10.2015
12115

Jahondagi eng uzun va o‘ta qo‘rqinchli shisha ko‘prik

Xitoyda qurilgan yer yuzidagi eng uzun shisha ko‘prik har qanday dovyurak kishini ham cho‘chitib yuboradi. Tasavvur qilib ko‘ring, 180 metr chuqurlik ustida qad rostlagan ko‘prikka oyoq bosishingiz hamono, shisha ko‘prik orqali o‘sha chuqurlikka ko‘zingiz tushadi. Bu ham dahshat, ham bitmas-tuganmas zavq!

Ko‘prikda ishlatilingan shisha oddiy emas, albatta. U derazalarga qo‘yiladigan oddiy shishalardan 25 marta mustahkam, shu bois bir guruh odamdar jamoasini ham bemalol ko‘tara oladi.

Ko‘prik o‘ziga o‘xshagan qo‘rqinchi bo‘lgan yog‘och ko‘prik o‘rnida bunyod etildi. Uning uzunligi deyarli uch yuz metr.

Bu loyiha ustida 11 nafar muhandis ishladi.

Ko‘prikni “Qahramonlik” nomi bilan atashdi. Buning sababi nimada ekanligini o‘zingiz tushunib yetgandirsiz?!

Manba: Xabardor.uz

Top