00:40 / 01.10.2015
5139

Mahmud Abbos BMTga falastinliklarni himoya qilishni so‘rab murojaat qildi

Falastin Davlati prezidenti Mahmud Abbos BMTga falastin xalqini himoya qilishini so‘rab murojaat qildi. Abbos BMT Bosh assambleyasidagi nuqtida BMTga “hali kech bo‘lmasdan, o‘ziga qo‘yilgan vazifalarni bajarishini” aytib murojaat qildi.

“Men BMTga bizni himoya qilishni so‘rab murojaat qilmoqdaman. Bizning BMTdan boshqa himoyamiz yo‘q. Bizga sizning himoyangiz kerak”, deb aytdi Abbos.

Shu bilan birga Abbos Isroilni tinchlikka amal qilishga chaqirdi. “Men Isroil hukumatidan o‘z rejalarini uqdirish uchun keskin kuch ishlatishni to‘xtatishini so‘rayman”, deb aytdi Abbos o‘z nutqi davomida.

Abbosning aytishicha, Isroil ayni paytda “aparteid tuzum va isroil aholisiga keng ustunliklar tizimini” o‘rnatishga intilmoqda.

Abbos Isroil tomonidan amal qilinmayotgani sababli ikki tomonlama kelishuvdan chiqib ketish bilan tahdid qilmoqda. “Isroil biz imzolagan kelishuvga amal qilishdan bosh tortayogani uchun biz bu kelishuvga bir tomonlama amal qila olmasligimizni aytishga majburmiz”, deb aytib o‘tdi Abbos.

Top