19:01 / 01.10.2015
5914

Meyvezer o‘z "vorisi" nomini ma'lum qildi

O‘tgan oyda o‘z faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer o‘zidan keyin kim dunyoning eng yaxshi bokschisi bo‘lishga da'vogarlik qilishi haqida aytdi.

5 vazn toifasi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerning fikricha, ayni paytda ikkinchi yarimengil vazn toifasi bo‘yicha janglarda ishtirok etayotgan 20 yoshli bokschi (12ta jang, 12ta g‘alaba, 11ta nokaut) Jyervont Devis o‘zidan keyin dunyoning eng yaxshi bokschisiga aylanadi.

"Biz Jyervont bilan birgalikda ishlayapmiz U yangi Floyd Meyvezerga aylanadi. Aynan men kabi bo‘la olmasada, shunga yaqin darajalarga yetishadi", deydi Meyvezer.

Uning aytishicha, ushbu yosh bokschi jozibador uslubda jang olib boradi.

Top