12:55 / 01.10.2015
8567

Qozog‘istonlik amaldor o‘g‘lining to‘y korteji tufayli ishdan haydaldi

Ostonada o‘tkazilgan tantanali to‘y marosimida suratga videotasvirning internetga chiqib ketishi huquq-tartibot organlari amaldorining ishdan ketishiga sabab bo‘ldi.

IVVning oliy martabali amaldorlaridan biri o‘g‘lining to‘yida shahar ko‘chalarini to‘ldirib, ulkan kortej uyushtirgan edi. Bu sahna videotasvirga tushirilib, internetga joylashtirilgani bois keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Natijada video ishtirokchilari 1 900 dollar jarima to‘ladi, nomi keltirilmayotgan amaldor esa lavozimidan ozod qilindi.

Top