14:31 / 01.10.2015
5559

Rossiya ShHT davlatlari bilan aksilterror mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin

Rossiya quruqlik qo‘shinlari 2016 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bir qancha davlatlar bilan hamkorlikda aksilterror harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda quruqlik qo‘shinlari bosh qo‘mondoni general-polkovnik Oleg Salyukovga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, takliflar Pokiston, Hindiston, Mo‘g‘uliston, Vetnam, Belarus, ShHT va KXShT davlatlariga yuboriladi.

Joriy yilning noyabr oyida Hindistondagi Bikaner poligonida “Indra-2015” Rossiya-Mo‘g‘uliston harbiy o‘quvlari bo‘lib o‘tadi. Unda Janubiy harbiy okrug motoo‘qchi brigadasi shaxsiy tarkibi ishtirok etadi.

Top