21:22 / 01.10.2015
5666

Rostovda odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik jinoyatchi qo‘lga olindi

Rossiyaning Rostov tumanida odam savdosi bilan shug‘ullanib kelgan o‘zbekistonlik jinoyatchi qo‘lga olinib, yurtiga qaytarib yuborildi. Bu haqda “Rostov viloyati yangiliklari” sayti xabar bermoqda.

Aytilishicha, u turli jinoyatlarda ayblanib, tergov qilinayotgan edi. Ammo tergov bosqichida jinoyatchi qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Politsiyachilar nomi keltirilmayotgan shaxsning yashirinib yurgan joyini tezda aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Viloyat prokuraturasi jinoyatchining O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishini ta'minlab berdi.

Top