16:18 / 01.10.2015
4208

Serena Uilyams o‘z faoliyatida qisqa tanaffusga chiqishini ma'lum qildi

Dunyoning birinchi raqamli ayol raketkasi Serena Uilyams Pekin va Singapurdagi turnirlarda ishtirok etmasligi haqida ma'lum qildi. U o‘z sog‘ligi to‘g‘risida qayg‘urish maqsadida shunday qarorga kelgan.

"Sizga sir emaski, mavsumning katta qismini tizzamdagi jarohat bilan o‘tkazdim. US Open turniri vaqtida esa yuragim ham og‘rib qoldi. Men hamisha o‘yinlarda bor kuchim bilan harakat qilganman. Lekin yilning qolgan qismidagi ikki turnirda ishtirok eta olmayman, Pekin va Singapurdagi turnirlarda ishtirok etish bo‘yicha nomimni qaytarib olaman", deydi u.

"Bu qarorga kelish qiyin bo‘ldi. Lekin sog‘ligi haqida qayg‘urmasam bo‘lmaydi. Men yil oxiriga borib mashulotlar o‘tkazishni boshlashni rejalashtirayapman. Shundan keyin tiklanib, bu mo‘jizaviy sportdagi yo‘limni davom ettirishim mumkin.

Artur Esh aytganidek, muvaffaqiyatlar bitta cho‘qqiga chiqish emas, bu o‘z davomiga ega bo‘lgan yo‘ldir. Men o‘zimning kelgusidagi yutuqlarim uchun tanaffus qilaman. Joriy mavsumdagi ishtirokimdan ham qoniqdim. Har xil lahzalar bo‘ldi, g‘alaba ham, achchiq mag‘lubiyat ham, barcha o‘yinimning faoliyatimdagi o‘z o‘rni bor.

Men bu mavsumda yanada ulg‘aydim. Avval his qilmaganlarimni tuya boshladim. Hamisha tennis olami vakillari va muxlislarimning qo‘llab-quvvatlashlarini his qilib turdim va men buning uchun naqadar minnatdor ekanimni so‘z bilan ifodalay olmayman.

Men tennisni barchadan ortiqroq darajada sevaman. Men o‘z mehnatlarim va yutuqlarim qadrini ham hammadan ortiqroq bilaman", deya intervyu bergan u China Open rasmiy saytiga.

Top