12:28 / 01.10.2015
6502

WSJ : Rossiya MRB bilan hamkorlik qilayotgan isyonchilarga zarbalar berdi

Rossiya harbiy havo kuchlarining aviazarbalariga ayrim hollarda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilayotgan muxolif kuchlarning pozitsiyalari nishon bo‘lib xizmat qilgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, razvedka idorasi isyonchi guruhlarni 2013 yildan buyon tayyorlab kelmoqda. Gazetaning hamsuhbatlari Rossiya avval boshidan IShIDni emas, balki isyonchilarni va Asad rejimiga qarshi chiqayotgan guruhlarni nishonga olganini taxmin qilmoqda.

Rossiya zarbalariga duchor bo‘lgan guruhlar AQShdan qurol-yarog‘ va moliyaviy yordam olib turgani aytilmoqda.

Top