09:15 / 02.10.2015
3676

AQShda xakerlar T-Mobile kompaniyasidan 15 mln kishining ma'lumotlarini o‘g‘irlashdi

Xakerlar Germaniyada joylashgan T-Mobile xoldingi tomonidan to‘plangan 15 mln kishi haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda xolding bilan hamkorlik qiluvchi Experian kompaniyasi vakillari jurnalistlarga xabar qildi.
O‘g‘irlangan ma'lumotlarda, xususan, ijtimoiy sug‘urta kartalari raqamlari, manzillar, kompaniya mijozlarining tug‘ilgan sanalari va mijozlik doirasidagi xatti-harakatlari aks etgan. Bu ma'lumotlar xakerlarga odamlarning bank hisoblarini aniqlash imkonini berish mumkin.
Kiberjinoyatni kim amalga oshirgani hozircha aniqlangani yo‘q.

Top